Maxsus qo‘mondonlik taktik – texnik tayyorgarlik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
08.05.2021 | scis.uz

Joriy yilning 6 may kuni NKMK tasarrufidagi Janubiy kon boshqarmasi kon majmualarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 8 – AHKQV xamda Janubiy kon boshqarmasi fuqaro muhofazasi xodimlari bilan hamkorlikda “G‘ujumsoy” konida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan avariya qutqaruv ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha maxsus qo‘mondonlik taktik – taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotida kon qutqaruvchilarning oldiga qo‘yilgan vazifalari (komandirlar tarkibining boshqaruv mahorati, tezkor shaxsiy tarkibning taktik – texnik tayyorgarlik darajasi, maxsus qutqaruv asbob – uskunalarni samarali qo‘llagan xolda qidiruv – qutqaruv ishlarini olib borishi) bo‘yicha bosqichma – bosqich o‘tkaziladigan mashqlar belgilab olindi.

Tezkor bo‘lim shaxsiy tarkibining jipsligini va harakatlar uyg‘unligini yana-da rivojlantirish hamda o‘z kasbiy bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur hamkorlikdagi mashg‘ulotda kon qutqaruvchilar hamda muhandis texnik xodimlarning taktik – texnik tayyorgarligiga oid bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.

Mashg‘ulot jarayonida har bir kon qutqaruvchi tomonidan bajarilgan taktik - texnik tayyorgarlik ishlari real vaziyatga yaqinlashtirilgan holda amalga oshirildi. Bunday yondashuv esa hamkorlikda o‘tkaziladigan maxsus qo‘mondonlik taktik o‘quv mashg‘ulotida ishtirokchilarni harakatlanishining takomillashishiga erishiladi.