Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida Ramazon Hayiti munosabati bilan maʼnaviy tadbir o‘tkazildi.
12.05.2021 | scis.uz

Tadbirda, Muborak Ramazon hayitining maʼnaviy hayotimizda ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat kabi olijanob qadriyatlarni qaror toptirishdagi o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanligi Qo‘mita raisi B.V.Gulyamov tomonidan taʼkidlab o‘tildi. Rais ushbu muqaddas ayyom munosabati bilan barcha xodimlar, ularning oila aʼzolari va yurtdoshlarimizga mustahkam salomatlik, totuvlik, qut baraka, kasbiy va hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatlar tilab, yig‘ilganlarni Ramazon hayiti bilan muborakbod etdi.

Qo‘mita xodimlari, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Ko‘mir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiya bosh mutaxassisi Haqqulov Axmadjon Shodiyorovichni qo‘shaloq ayyom munosabati bilan qutladilar