Moskvada yadroviy ob'yektlarni ekspluatasiyadan chiqarish muammolariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
03.08.2022 | scis.uz

Mustaqil Hamdo‘stlik davlatlarida ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i, radioaktiv chiqindilar, yadro va radiasiyadan xavfli ob'yektlarni ekspluatasiyadan chiqarish masalalariga bag‘ishlangan ushbu xalqaro anjumanda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan soha mutaxassislari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Konferensiyaning asosiy maqsadi yadro va radiasiyadan xavfli ob'yektlarning xavfsiz holatini saqlash bo‘yicha MDH a'zo davlatlarining dasturini ishlab chiqish muammolarini muhokama qilishdan iboratdir. 

Konferensiya Rosatomning yoqilg‘i divizioniga kiruvchi “TVEL” kompanisi tomonidan tashkil etildi.