Harbiylashtirlgan kon qutqaruv qismlarining tezkor tayyorgarligini monitoringi tadbiri bo‘lib o‘tdi
17.05.2021 | scis.uz

Harbiylashtirlgan kon qutqaruv qismlarining tezkor tayyorgarligini monitoring qilish bo‘yicha navbatdagi tadbir OKMK AJ Angren kon boshqarmasi “Kauldi” kon majmuasida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10 – AHKQVida bo‘lib o‘tdi.

 

HKQQ Shtabining 2021 yil uchun HKQQ bo‘linmalarining tezkor tayyorgarligini monitoring qilish va attestatsiyadan o‘tkazish Jadvaliga muvofiq, “Kauldi” kon majmuasida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10 – AHKQV shaxsiy tarkibining tezkor – texnik tayyorgarlik bo‘yicha komandirlar tarkibi tomonidan qidiruv – qutqaruv ishlarini tashkillashtirilishi va uni olib borish mahorati, tezkor shaxsiy tarkibning maxsus qutqaruv asbob – uskunalardan samarali qo‘llagan holda avariya oqibatida qolgan odamlarni qutqarish kabi vazifalarni bajarish amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi.

Bo‘linma tezkor tayyorgarligining monitoringi jarayonida quyidagi ishchi guruh tarkibi, HKQQ boshlig‘ining tezkor – texnik va profilaktik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Z. Maraximov, Yordamchi o‘quv bo‘linma muxandislari A. Tanjarikov va E. Xatamovlar tomonidan tezkor bo‘lim shaxsiy tarkibining kasbiy bilimi, jipsligini va harakatlar uyg‘unligi, qutqaruv asbob – uskunalarni texnik imkoniyatlarini baholangan holda mohirona qo‘llay bilish hamda jismoniy imkoniyatlari Nizom va meʼyoriy hujjatlarga muvofiq ravishda o‘tkazilishi taʼminlandi.

O‘tkazilgan monitoring yakunida ishchi guruh tarkibi tomonidan bo‘linmaning tezkor tayyorgarligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yana-da yuqori darajaga olib chiqish va kon qutqaruv ishlarini tashkillashtirish va uni o‘tkazishda shaxsiy tarkibning mahorat mashqlarining tashkiliy va uslubiy jihatlari tushuntirib o‘tildi.