Favqulotda vaziyatda hamkorlikda harakatlanish yuzasidan o‘quv mashqlari o‘tkazildi
21.05.2021 | scis.uz

Joriy yilning 19-21 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshqaruv organlari hamkorligida, Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan Sarez kuli havzasining o‘pirilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulotda vaziyatda hamkorlikda harakatlanish masalalari yuzasidan qo‘mondonlik shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston hududiy boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etib, o‘zlari masʼul bo‘lgan vazifalarni aʼlo darajada bajardilar.