Rasmiy bayonot
09.05.2021 | scis.uz

   "Hattoki kosmonavtlar ham bunday shug‘ullanmaydi" sarlavhali, “Salto” attraksionining boshqaruv pulti ishlamay qolishi natijasida ikki nafar fuqaro attraksion ichida qolib ketgani aks etgan video lavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

   Ushbu voqea 2018 yil Namangan viloyati Chust tumanidagi Mavlono Lutfullo nomli madaniyat va istirohat bog‘ida ro‘y bergan. Bu voqea yuzasidan o‘sha yilning o‘zida tezkor o‘rganish tashkil etilgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra ushbu, “Salto” attraksioni xususiy tadbirkor K.A ga tegishli bo‘lib, attraksionni ekspluatatsiya qilish qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida nosozlik yuzaga kelganligi aniqlanib, kamchiliklar bartaraf etilib, mutaxassislar ko‘rigidan o‘tmaguniga qadar uning faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan.
   

   Bo‘lib o‘tgan baxtsiz hodisalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, baxtsiz hodisalar kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri tashkiliy sabablar bo‘lib, 68,82 % tashkil etadi, texnik sabablar esa 31,18% tashkil etadi.

   Baxtsiz hodisa sodir bo‘lishiga olib kelgan asosiy tashkiliy sabablar: ishlab chiqarishda ishlarni to‘g‘ri tashkil etilmaganligi va sanoat xavfsizligi sohasida bilim saviyasining pastligi, texnik va texnologik jarayonlarda ishlab chiqarish intizomining pastligi, hamda ish bajaruvchining ehtiyotsizligi yoki tavakkalchilikka yo‘l qo‘yishlaridir.

   Texnik sabablar: texnik jihozlar va qurilmalarning nosozligi, texnik jihozlar va qurilmalarning konstruktiv yangilanmasligi, meʼyoriy hujjat va loyiha talablariga rioya etilmayotganligi, texnik qurilmalarning (reglamenti) va ushbu qurilmalarga xizmat ko‘rsatishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishidir.