Navbatdagi maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
02.06.2021 | scis.uz

OKMK AJ Chodak kon boshqarmasi tasarrufidagi “Pirmirob” kon majmuasi muhandis – texnik xodimlar hamda 5-AHKQV shaxsiy tarkibi bilan hamkorlikdagi navbatdagi maxsus – taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

HKQQism Shtabining 2021 yil 3 fevraldagi HKQQism bo‘linmalarining 2021 yilda xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarda o‘tkaziladigan maxsus – taktik o‘quv mashg‘ulotlar jadvaliga asosan, HKQQ bo‘linmalari tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi korxona va inshootlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar va baxtsiz hodisalarni oldini olish va ularni bartaraf qilishda kon majmuasi muhandis texnik xodimlari hamda 5–AHKQV shaxsiy tarkibining hamkorlikdagi amaliy mahorati va bilimini takomillashishiga xizmat qiluvchi maxsus – taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.