MAGATE delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
03.06.2021 | scis.uz

Joriy yilning 3 iyun kuni Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida MAGATE bosh direktori o‘rinbosari – yadro energiyasi departamenti boshlig‘i M.V.Chudakovning Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari – Radiatsiya va yadro xavfsizligi Departamenti boshlig‘i I.Tashkentbayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda M.Chudakov atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni tartibga solish bo‘yicha infratuzilmani rivojlantirish sohasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

M.Chudakov atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni tartibga solish organi - Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash borasidagi rolini, uning uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash shuningdek, "O‘zatom" agentligi va xorijiy davlatlarning shunday organlari bilan yaqin hamkorlik qilish muhimligini taʼkidlab o‘tdi.

M.Chudakov samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, MAGATE yadro infratuzilmasini rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasiga ko‘mak berishga tayyorligini maʼlum qildi.