Andijondagi to‘xtab qolgan charxpalak attraksioni tafsilotlari
20.06.2021 | scis.uz

Kuni kecha Andijon shahridagi istirohat bog‘larining birida charxpalak attraksioni to‘rt nafar fuqaro bilan to‘xtab qolganligi aks etilgan video material ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Ushbu holat Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi istirohat bog‘lari attraksionlarini nazorat qilish inspeksiyasi Andijon hududiy boshqarmasi inspektori M.Mamadaliyev tomonidan o‘rganildi. O‘rganish vaqtida quyidagilar maʼlum bo‘ldi:

- Attraksionda elektr energiyasi kuchlanishi 220 voltdan 280 voltga ortib ketganligi sababli 20 daqiqaga to‘xtab qolgan;

- To‘xtab turish vaqtida fuqarolarga hech qanday zarar yetmagan.

Istirohat bog‘i rahbari R.Umarov va bog‘ xodimlariga xavfsizlik qoidalari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilib qonuniy choralar ko‘rildi.