Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Gulyamov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda 2019-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini Yevroosiyo guruhi davlatlari tomonidan o‘zaro baholash ikkinchi bosqichida ishtiroki uchun «O‘zbekiston prokuraturasiga 30 yil» esdalik nishoni bilan taqdirlandi.