Issiqlik elektr stansiyalarda avariyaviy holatlarni oldini olishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi
25.06.2021 | scis.uz

Joriy yil 25 iyun kuni "Bug‘ qozonlari, ko‘tarish inshootlari va putur yetkazmaydigan nazoratda sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari J.X.Usmanov, davlat inspektorlari “Talimarjon IES” AJning ishlab chiqarish bo‘yicha direktori R.Qodirov va stansiyaning mutasaddi xodimlari ishtirokida "Talimarjon IES" AJning 800 MVt quvvatli energoblokida sodir bo‘lgan avariya sabablari va uni bartaraf etish ishlarini uzoq muddatga kechikishini tanqidiy tahlil qilgan xolda respublikaning issiqlik elektr stansiyalarida favqulodda avariyaviy holatlarni kelib chiqishini oldini olish hamda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining bir birligi uchun shartli yoqilg‘i solishtirma sarfini kamaytirish bo‘yicha "Talimarjon IES" AJ tomonidan ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Bunda davlat inspektorlari tomonidan o‘z vakolati doirasida tegishli ko‘rsatma va takliflar berilib, stansiya xodimlari bilan muhokama qilindi.