Nafaqaga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi
28.06.2021 | scis.uz

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari ishtirokida bugun, Gaz xo‘jaligida sanoat xavfsizligi inspeksiyasida uzoq yillardan beri samarali faoliyat yuritib kelgan xodim Xakimov Asatilla Shukrullayevichni muborak 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan nafaqaga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Asatilla Xakimov Gaz xo‘jaligi tarmog‘ida salmoqli mehnat qilib, ko‘plab shogirdlar chiqardi. Gaz xo‘jaligida xavfsizlik masalalari bo‘yicha qilgan samarali ishlari tufayli, uni yosh avlodga hech ikkilanmay o‘rnak qilib ko‘rsatish mumkin! Shu va boshqa iliq fikrlar yig‘ilganlar tomonidan bildirildi.

Tadbir so‘ngida Asatilla Xakimovga anʼanaga ko‘ra to‘n kiygizishib, esdalik sovg‘alar topshirildi.