“ANHOR” istirohat bog‘ida attraksion odamlar bilan to‘xtab qoldimi?
25.06.2021 | scis.uz

Shu kunlarda Toshkent shahridagi “ANHOR” istirohat bog‘ida attraksion odamlar bilan to‘xtab qolganligi aks etgan video material ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Ushbu videoda 2021 yil 22 iyun kuni “ANHOR” parkidagi attraksionning texnik ko‘rikdan o‘tkazilayotgani tasvirga olingan.

Tasvirga tushgan odamlar - park ishchilaridir. Bu vaqtda parkda sayr qiluvchi fuqarolar bo‘lmagan. Bir oz vaqtdan so‘ng attraksionda profilaktik ishlar tugagach u yana ishga tushiriladi.