Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi OGOHLANTIRADI
05.07.2021 | scis.uz

"O‘zgidromet" markazi maʼlumotiga ko‘ra, iyul oyining birinchi yarmida yurtimizga issiq havo oqimining kirib kelishi oqibatida hududlarda ob-havo harorati keskin ko‘tarilishi kutilmoqda.

Haroratning keskin ko‘tarilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarni oldini olish maqsadida fuqarolardan:

- Xavfli obyekt va uskunalarning sozligini doimiy nazorat qilib borish;

-texnik vositalarni issiqda qolishdan saqlash;

- Yong‘inlarni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan vositalarning soz holda ekanligini nazorat qilish;

- Mashina va gaz ballonlaringizning sozligi ko‘zdan kechirishlari so‘raladi.

Bundan tashqari:

- Fuqarolardan zarurat bo‘lmagan hollarda uydan tashqarida yurmasliglari;

- Issiq havo natijasida xuruj qiladigan kasalliklari, Yurak yetishmovchiligi bilan bog‘liq xastaliklari mavjud bemorlarga eʼtiborni kuchaytirish;

- oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga eʼtibor qaratish;

- issiq havoda jismoniy yuklamalarni qisqartirish;

- ko‘p miqdorda suyuqlik isteʼmol qilish tavsiya etiladi.