Korrupsiyaga qarshi kurash yanada kuchaytiriladi
12.07.2021 | scis.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati

Joriy yilning 6 iyulida “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 sentyabrdan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

2021 yil 1 oktyabrgacha korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi asosida tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlikda qatnashishi huquqiy oqibatlarini belgilovchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

2021 yil 1 oktyabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari, viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

2021 yil 1 avgystdan davlat xaridlari sohasidagi tenderlar natijalari ochiq eʼlon qilinadi.

Davlat xaridlarida hamkorlar (kontragentlar)ni tekshirish tartibi ishlab chiqiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021 yil 1 dekabrdan har yil yakuni bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting eʼlon qilib boriladi.

2021 yil 1 dekabrgacha daromad va mol-mulk deklaratsiyalari bo‘yicha maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi.

2021 yil 1 oktyabrgacha davlat mablag‘lari hisobiga qurilish-pudrat shartnomasi uchun o‘tkaziladigan tanlovlar “Shaffof qurilish” tizimi maʼlumot almashinuvini taʼminlagan holda davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida elektron tarzda amalga oshiriladi.

2022 yil 1 yanvargacha avtomobil yo‘llari sohasiga tegishli maʼlumotlarni o‘z ichiga oladigan “SHAFFOF YO‛L” onlayn axborot platformasi ishga tushiriladi.

2022 yil 1 yanvardan boshlabhalollik vaksinasi” tamoyili asosida davlat xizmatchilari muntazam korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘qitiladi.