Yangi ko‘chma laboratoriyalar endi O‘zbekistonda
14.07.2021 | scis.uz

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston Respublikasiga tez ishga tushiriladigan ikkita tashxislash laboratoriyalarini taqdim etmoqda. Bu ko‘mak Kimyoviy, biologik, radiologik va yadro xavflarini minimallashtirish bo‘yicha Yevropa Ittifoqining Ilg‘or tajriba markazlari Tashabbusi doirasida taqdim etilmoqda, yaʼni Yevropa Ittifoqi 53-Loyiha doirasida.

Ikkita mobil laboratoriya 2021 yilning 14 iyul kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining ikkita yetakchi institutlari – Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Virusologiya ilmiy tadqiqot institutiga taqdim etildi. Bu yil va kelasi yil mazkur institutlarning mutaxassislari Germaniya Bundesveri Mikrobiologiya institutining yetakchi mutaxassislari tomonidan ushbu laboratoriyalardan foydalanish bo‘yicha o‘qitiladi. Mobil laboratoriyalar va treninglarning umumiy bahosi 13,8 milliard so‘m atrofida belgilandi (1,1 million yevro). 

Laboratoriyalarni taqdim etish chog‘ida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi elchisi E.Sharlotta Adrian shunday dedi: “Hamma xavfsiz sharoitda bo‘lmas ekan, yuqumli kasalliklardan hech kim kafolatlanmaydi. Sog‘liqni saqlashning xatto eng olis hududlarni ham qamrab olishga qodir bo‘lgan inklyuziv tizimiga ega bo‘lish nihoyatda muhim. Mobil laboratoriyalar sog‘liqni saqlash tizimida biologik xavf-xatarlar qayerda yuzaga kelishidan qatʼiy nazar, ularga munosabat bildirish va hech kimni eʼtibordan chetda qoldirmaslik imkoniyatini oshiradi”.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi va Yevropa Ittifoqining Ilg‘or tajriba markazlarining Markaziy Osiyo bo‘yicha Kimyoviy, biologik, radiologik va yadro xavfini minimallashtirish bo‘yicha mintaqaviy kotibiyati rahbari janob Baxtiyor G‘ulomov shunday dedi: “ Bugun biz Yevropa Ittifoqi va Xalqaro ilmiy-texnik markazning 53-loyiha doirasida ulkan va bebaho yordamining guvohi bo‘lib turibmiz. Shu yil mazkur loyiha doirasida insonparvarlik yordami sifatida ikkita zamonaviy mobil laboratoriya taqdim etilgan bo‘lib, ayni paytda o‘zbek mutaxassislari Germaniya Bundesverining Mikrobiologiya institutining yetakchi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilayotgan tayyorgarlik trening mashg‘ulotlarida ishtirok etishmoqda. Biz uchun bu o‘ta ahamiyatli voqeadir. Chunki mobil laboratoriyalarning taqdim etilishi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi arafasida amalga oshdi”.

Kimyoviy, biologik, radiologik va yadro xavflarini minimallashtirish bo‘yicha Yevropa Ittifoqining Ilg‘or tajriba markazlari Tashabbusi dunyoning 62 ta mamlakatida Yevropa Ittifoqi va BMTning Jinoyatchilik va odil sudlov masalalari bo‘yicha mintaqalararo ilmiy-tadqiqot instituti (YUNIKRI) bilan hamkorlikda moliyalashtiriladi va amalga oshiriladi. Tashabbus Markaziy Osiyo hamkor davlatlarining kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy xavflariga, shu jumladan, koronavirusga  qarshi kurashishidagi salohiyatini oshirishga ko‘mak beradi.    

COVID-19 pandemiyasi davrida Tashabbus Markaziy Osiyo davlatlarini (masalan, 53-Loyiha doirasida) qo‘llab–quvvatladi, yaʼni tibbiyot xodimlariga shaxsiy himoya vositalari, tashxislash muassasalari uchun tashxislash asbob-uskunalari, jamlanma va sarflash materiallarini taqdim etdi, shuningdek, oldingi saflarda turib mehnat qilayotgan, o‘zlarining va butun jamiyatning xavfsizligi taʼminlayotgan, xodimlar tomonidan o‘tkazilayotgan turli o‘quv tadbirlarini, davom etayotgan pandemiyaning turli jihatlari bo‘yicha ekspertlar ilg‘or tajriba almashadigan veb-seminarlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

53-Loyiha yuqorida qayd etilgan tashabbus doirasida rejalashtirilgan va moliyalashtirilgan (www.cbrn-coe.eu). Ayni vaqtda tashabbus 8 mintaqa va 62 ta hamkor davlatlarni o‘z ichiga oladi. Yevropa Ittifoqi Ilg‘or tajriba markazlarining Markaziy Osiyo bo‘yicha Kimyoviy, biologik, radiologik va yadro xavfini minimallashtirish bo‘yicha markaziy kotibiyati Toshkentda joylashgan (O‘zbekiston). U hamkor davlatlar bilan sheriklikda faoliyat olib boradi. 53-loyihani amalga oshirayotgan Xalqaro ilmiy-texnik markaz (www.istc.int) esa so‘nggi 25 yil mobaynida Markaziy Osiyodagi yuzlab loyihalarni moliyalashtirdi va boshqardi.