Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan nosoz attraksion bilan bog‘liq voqea tafsiloti
11.07.2021 | scis.uz

Samarqanddagi “Yoshlik” istirohat bog‘ida 2 ta shunga o‘xshash attraksionlar mavjud. Ammo, videoda aks etgan va “Yoshlik” bog‘idagi attraksionlar bir-biridan tubdan farq qiladi. Ularni yasalish konstruksiyasi turlicha. (Samarqanddagi attraksionlar videodagidek baland emas va ularning o‘rindiqlar kontakti 2 tani tashkil etadi)

Aytish mumkinki ushbu “Samarqanddagi voqea” deb taʼriflangan holat asli nafaqat Samarqandda balki umuman yurtimizda ro‘y bermagan. Bu shunchaki insolarni vahimaga solgan “Feyk” xabar bo‘lib chiqdi.

Videodagi attraksion ballonli ko‘chma konstruksiyalik bo‘lib, tez va oson ko‘chirishga mo‘ljallangandir. U o‘rnatiladigan yuza tekis bo‘lishi lozim. Aks holda, oyoklari siljib, videodagi holat yuzaga kelishi mumkin.

(Maʼlumot uchun: Bugungi kunda, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining istirohat bog‘lari va attraksionlarni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan sohaga doir xavfsizlik nazorati amalga oshirilmoqda.)