Radioaktiv chiqindilarni ko‘mib tashlash oldi jarayonlariga oid mintaqaviy seminar
16.08.2022 | scis.uz

Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE)ning Avstriyaning Vena shahridagi bosh qarorgohida kichik miqdordagi institusional radioaktiv chiqindilarni ko‘mib tashlash oldi choralari va ularni amalga oshirish jarayoni masalalariga  bag‘ishlangan mintaqaviy o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda  Albaniya, Armaniston, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogovina, Xorvatiya, Chexiya Respublikasi, Daniya, Estoniya, Gruziya, Gresiya, Qozog‘iston, Latviya, Portugaliya, Moldova, Ruminiya, Rossiya, Sloveniya, Tojikiston,   Turkiyadan vakillar va O‘zbekistondan – Qo‘mitaning Radiasiya va yadro xavfsizligi departamenti mutaxassislari ishtirok etdilar.

Bir necha kun davom etgan seminar davomida sohaning yetakchi ekspertlari tomonidan  institusional chiqindilarni ko‘mib tashlash oldi jarayonlarini tartibga solish va radioaktiv chiqindilarni inventarizasiya qilish va boshqarish, texnik yondashuvlar va yechimlar kabi mavzularda taqdimot va ma'ruzalar qilindi.

Shuningdek ishtirokchi mamlakatlar vakillari o‘zlarida mavjud radioaktiv chiqindilarni boshqarish jarayonlari, bu boradagi tajriba yuzasidan ma'lumot berdilar.

Tadbir yakunida olingan ma'lumotlar bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi, radioaktiv chiqindilar muomalasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida  o‘zaro fikr almashildi.

Mazkur mintaqaviy seminar radioaktiv chiqindilarni tasniflash, ularni minimallashtirish hamda ko‘mib tashlash oldi texnologiyalarini joriy etish, xalqaro tajriba asosida xavfsizlikni tartibga solish talablarini qo‘llashda muhim ahamiyatga ega.