O‘ZBEKISTONDAGI YUK KO‘TARISH SONI
10.08.2021 | scis.uz

Kranlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalarining eng ko‘p buzilishi holati Navoiy, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kuzatilgan.                     

Hozirgi kunga qadar ro‘yxatga olingan yuk ko‘tarish kranlarining 9,5 mingtasi ko‘priksimon, 16 mingtasi avtomobil, 4,5 mingtasi minorali va qolgan 9 mingdan ziyodi har xil turdagi kranlar ekanligi aniqlandi.      

Respublikamizda umumiy 39000 dan ziyod har xil turdagi yuk ko‘tarish kranlari ro‘yxatga olingan bo‘lib, joriy yilning 1-choragi davomida respublika xududida 233 ta qurilish tashkilotlari qurilish ob’ektlarida foydalanayotgan 327 ta minorali va avtomobil yuk ko‘tarish kranlari o‘rganib chiqildi. Unga ko‘ra, kranlardan foydalanishda umumiy 4917 ta turli kamchiliklar aniqlangan. Navoiy (1003 ta), Namangan (670 ta), Farg‘ona (548 ta) viloyatlarida kranlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qilinmayotgan holatlar ko‘p kuzatilgan.   

Ta’kidlab o‘tish kerakki, xavfsizlik qoidalarining buzilishi aksar hollarda kran o‘rnatilishi bo‘yicha ruxsatnoma va tegishli dalolatnomalarning mavjud emasligi bilan bog‘liq.