Vengriya delegatsiyasi bilan uchrashuv: radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi hamkorlik istiqbollari
27.09.2021 | scis.uz

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasida Vengriyaning “Paksh” atom elektrostantsiyasida ikkita yangi blokni joylashtirish, qurish va ishga tushirish ishlari boʻyicha portfelsiz vaziri, janob Yanosh Shuli boshchiligidagi delegatsiyaning Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi raisi Baxtiyor Gulyamov bilan uchrashuvi boʼlib oʻtdi.

Uchrashuvda Yanosh Shuli Oʻzbekistonda atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni tartibga solish boʼyicha infratuzilmani rivojlantirish sohasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Qoʻmita rahbari mamlakat uchun radiatsiya va yadro xavfsizligi masalalari muhim va dolzarbligini taʼkidlab, oʻzbek tomoni ushbu sohadagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Janob Yanosh Shuli atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni tartibga solish organi - Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash borasidagi rolini, uning uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan yaqin aloqalar ornatish muhimligini aytib oʻtdi.

Vengriyalik mehmonlar samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, Vengriya tomoni yadro infratuzilmasini rivojlantirishda Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining radiatsiya va yadro xavfsizligi Departamentiga koʻmak berishga tayyorligini maʼlum qildilar.