Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasida Аtom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MАGАTE) ekspertlar guruhining “Saratonni davolashda doza darajasi yuqori braxiterapiya (HDR brachytherapy)ni qoʻllash” mavzusida milliy oʻquv kursi hamda MАGАTE Texnik hamkorlik dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan milliy loyihalarning bajarilish holatini oʻrganish doirasida MАGАTEning milliy loyihalar boʻyicha menejeri Kristof Xeynrixning Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti boshligʻi birinchi oʻrinbosari S.Yakubekov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Kristof Xeynrix respublika vazirlik va idoralarining milliy loyihalarga masʼul rahbarlari va mutaxassislari bilan ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilish yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazilayotgani, ularda loyihalarni amalga oshirish natijalari, yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish choralari muhokama qilinayotgani va bu boradagi hamkorlikning keyingi bosqichlari belgilanayotgani toʻgʻrisida toʻxtaldi.
Taʼkidlash joizki, Sanoat xavfsizligi davlat qoʼmitasi texnik hamkorlik dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan milliy loyihalarning muvofiqlashtiruvchisi hisoblanadi hamda ushbu loyihalar doirasida mamlakatimiz mutaxassislarini bilim va malakalarini oshirish, asbob-uskunalar yetkazib berish nazarda tutilgan. Shu bois uchrashuvda loyihalarni amalga oshirishda Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamentining xavfsizlikni tartibga solish nuqtai nazaridan oʻrni va masʼuliyati taʼkidlab oʻtildi.
Kristof Xeynrix milliy loyihalarni amalga oshirishda MАGАTE Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamentiga koʻmak berishga tayyorligini maʼlum qildi.