Sanoat xavfsizligi davlatlararo Kengashining XIX yigʻilishi on-layn konferentsiya tarzida oʻtkazildi
22.10.2021 | scis.uz

Bugun Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida joriy yilning 14-15 sentyabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan Sanoat xavfsizligi davlatlararo Kengashining XIX yigʻilishi jahondagi epidemiologik vaziyat sababli on-layn konferentsiya tarzida boʻlib oʻtdi.

Mazkur yigʻilishda Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi Baxtiyor Gulyamov, raisning birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Xalmatov, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Olimjon Djuraev va boshqa masʼul xodimlar ishtirok etdi.

Tadbirda Qoʻmita raisi Sanoat xavfsizligi davlatlararo Kengashiga aʼzo davlatlarning xavfli ishlab chiqarish obʼektlarida sanoat xavfsizligini tartibga solish sohasidagi qonunchiligidagi oʻzgarishlar va bu yoʻnalishdagi ishlar toʻgʻrisida maʻruza qildi.

Kengash yigʼilishida Sanoat xavfsizligi sohasidagi boshqa qator masalalar ham koʻrib chiqildi. On-layn konferentsiya ishtirokchilari Sanoat xavfsizligi davlatlararo Kengashining XX yigʻilishi 2022 yil Qozogʻiston Respublikasida oʻtkazilishi toʻgʻrisida kelishib oldilar.