«Yashil makon» umummilliy loyihasi amalda
23.11.2021 | scis.uz

Xabaringiz bor, joriy yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatimiz shahar va tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha «dolzarb 40 kunlik» e'lon qilinishini ma'lum qilgan edi. Hozirda respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli daraxt ko‘chatlari ekish aksiyalari o‘tkazilmoqda.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tizimida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, qo‘mitaning hududiy va kon-texnika inspeksiyalari hamda tarkibiy tuzilmalarida “dolzarb 40 kunlik” doirasida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda. Нozirgi kungacha jami 889 ta darxt ko‘chati ekilib, ulardan 294 tasi manzarali va 595 tup ko‘chat mevalidir. Bunda daraxt ko‘chatlari turlari korxonalarning bino va inshootlari joylashgan maydonlarda bog‘lar barpo qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda iqlim sharoitlaridan kelib chiqib tanlab olindi. Qo‘mita mas'ullariga ekilgan ko‘chatlarni keyinchalik ham parvarish qilish, zarur o‘g‘itlar bilan oziqlantirish va zararkunandalardan himoya qilishni tashkil etish topshirildi.