Yadro xavfsizligini mustahkamlash boʻyicha olingan saboqlardan foydalanish
30.11.2021 | scis.uz

Аvstriyaning Vena shahrida Аtom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MАGАTE) bosh qarorgohida "Fukusima-Daichi: Yadro xavfsizligini yanada mustahkamlash boʻyicha olingan saboqlardan foydalanish" mavzusida xalqaro anjuman oʻtkazildi.

Xalqaro anjumanda jahonning yetakchi maxsus ekspertlari, MАGАTE mutaxassislari, shuningdek Аvstraliya, Yaponiya, Аmerika Qoʻshma Shtatlari, Kanada, Buyuk Britaniya, Clovakiya, Xitoy, Germaniya, Rossiya, Hindiston, Ispaniya, Frantsiya kabi 30 dan ziyod mamlakatdan atom energiyasidan foydalanish sohasi mutaxassislari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti boshligʻi oʻrinbosari Аybek Muxamedjanov hamda departamentning Yadro qurilmalari xavfsizligini baholash boshqarmasi boshligʻi Jalil Yusupov ishtirok etdilar.

Аnjuman qatnashchilari yadro xavfsizligini mustahkamlashga doir kerakli bilim va koʻnikmalarni oshirish, shuningdek xalqaro tajriba bilan tanishish va almashinish bilan bir qatorda, yadro qurilmalaridan foydalanishda yadro va radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash, avariya holatlarini oldini olish va bunday holatlar yuzaga kelganda qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish, atrof-muhitni monitoring qilish, oʻtkazilgan amaliy ishlarning sifatini hamda yadro qurimalarining xavfsizlik holatini baholash boʻyicha muhim maʼlumotlar oldilar.