Sanoat xavfsizligi va ekologik xavfsizlikni yaxshilash mavzusidagi anjuman
19.08.2022 | scis.uz

“MAXAM-CHIRCHIQ” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan “MAXAM-CHIRCHIQ” va unga  tutash hududlarda sanoat xavfsizligi va ekologik xavfsizlikni yaxshilashga qaratilgan choralar samaradorligi masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan anjuman tashkil etildi. Unda “O‘zkimyosanoat» AJ tasarrufidagi sanoat korxonalari bosh muhandislari, mutaxassislar, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakillari ishtirok etdilar.

Anjuman oldidan ishtirokchilarning tadbir o‘tkazilayotgan”Kimyogarlar saroyi» ijodiy jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv chog‘ida saroyni rekonstruksiya qilish jarayoni to‘g‘risida ma'lumot berildi, saroyt qoshida faoliyat yuritayotgan ijodiy to‘garaklar a'zolari tomonidan kichik konsert dasturi namoyish qilindi.

Anjumanning asosiy qismida “MAXAM-CHIRCHIQ” AJ, “O‘zkimyosanoat» AJ mutasaddilari, sanoat korxonalari bosh muhandislarining korxonalarda ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarning natijalari, sanoat xavfsizligi va texnik nazoratni amalga oshirish holati yuzasidan tadimotlar qilindi.

Xususan, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi  Kimyo,  neft'-kimyo va metallurgiya sohalarida sanoat xavfsizligi  inspeksiyasi boshlig‘i Hikmatilla Yusupov o‘z ma'ruzasida sohada sanoat xavfsizligini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablari, ularga amal qilmaslik oqibatida ro‘y berayotgan baxtsiz hodisalar va avariyalarga to‘xtaldi.

 Mavzu doirasida ishtirokchilarning qizg‘in bahs-munozaralari bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek anjuman dasturidan  qatnashchilarning “MAXAM-CHIRCHIQ” AJ hududi, ishlab chiqarish sexlari va bo‘linmalariga tashrifi o‘rin oldi.