O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Hay'atining sayyor kengashi bo‘lib o‘tdi
23.12.2021 | scis.uz

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Hay'atining sayyor kengashi “HUDUDGAZTA’MINOT”AJ majlislar zalida o‘tkazildi. Ushbu tadbirning  kun tartibiga  “HUDUDGAZTA’MINOT” AJning  “Hududgaz Navoiy”, “Hududgaz Poytaxt” va “Hududgaz Xorazm” Gaz ta'minoti filiallari tomonidan  “Xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun va qonun osti hujjatlari talablariga rioya etish holati muhokamasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda ikki idora rahbari, Qo‘mita Hay'ati a'zolari, qo‘mitaning boshqarma, bo‘lim, tarmoq inspeksiyalari rahbarlari, “HUDUDGAZTA’MINOT” AJ mas'ullari ishtirok etdi.

“Hududgaz Navoiy”, “Hududgaz Poytaxt” “Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiallari rahbarlarining ma'ruzalari tinglandi.

Ta'kidlash joizki, ushbu tashkilotlarda tegishli ko‘rsatmalar asosida sanoat xavfsizligi talablarini bajarilishi yuzasidan xabardor qilish tartibida tekshirishlar amalga oshirilgan va natijasida qator kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora tadbirlar qabul qilingan hamda ijrosi nazoratga olingan.