MAGATE bilan o‘rta muddatli texnik hamkorlikni rejalashtirish uchun asos bo‘luvchi dastur imzolandi
24.12.2021 | scis.uz

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Radiasiya va yadro xavfsizligi departamenti boshlig‘i Ibrohim Tashkentbaev va Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Bosh direktori o‘rinbosari - texnik hamkorlik departamenti boshlig‘i Hua Liu “2022-2027-yillarda O‘zbekistonning mamlakat doiraviy dasturi”ni (CPF-Country Programme Framework) imzoladilar. Ushbu dastur MAGATEga a'zo davlat va MAGATE o‘rtasida o‘rta muddatli texnik hamkorlikni rejalashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va yadroviy  texnologiyalar va texnik hamkorlik resurslari milliy rivojlantirish maqsadlarini qo‘llab quvvatlashga yo‘naltirilgan ustuvor sohalarni belgilaydi

2022-2027 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning mamlakat doiraviy dasturida radiasiya xavfsizligi va yadroviy xavfsizlik, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, inson salomatligi, suv va atrof-muhit, energetika va sanoat, yadroviy texnologiyalar sohasida ta'lim kabi oltita ustuvor yo‘nalish belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MAGATEga a'zo bo‘lgan  1994 yildan beri ushbu nufuzli xalqaro tashkilot bilan hamkorlik qilib keladi.