Vatan himoyachilari kuni oldidan: Vatanimga tayanchman
08.01.2022 | scis.uz

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni oldidan “Vatanimga tayanchman” mavzusida vatanparvarlik soati tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi xodimlari mustaqil O‘zbekiston Qurolli kuchlarining tashkil etilishi tarixi, Mudofaa doktrinasi, hozirgi kunda harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma'lumot berdilar.

Uchrashuvda  mamlakatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, chegaralarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan milliy armiyamiz bor  deb g‘urur va iftixor bilan aytishga barcha asoslarimiz borligi ta'kidlandi.