Qon qutqaruvchilarning professional bilim va mahoratlarini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilmoqda
18.01.2022 | scis.uz

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism (HKQQ) bo‘linmalari tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarda odamlarni qutqarish va avariyalarni muvaffaqiyatli bartaraf etish ishlarida har bir kon qutqaruvchining bilim va mahoratini  oshirib borishga alohida ahamiyat beriladi.

Shunday, “O‘zbekko‘mir” AJga va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ “Xondiza” kon majmuasiga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus bo‘linmalar komandirlari rahbarligida shaxsiy tarkibning tezkor tibbiy tayyorgarligi hamda saf tayyorgarligi yo‘nalishi bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar davomida shaxsiy tarkibning avariya holatlarida odamlarga dastlabki tezkor tibbiy yordamni ko‘rsatish, bunda maxsus asbob-uskunalardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalari  mustahkamlandi hamda  avariya holatlari yuzaga kelganda to‘g‘ri qaror chiqarish, uni amalga oshirish samaradorligiga xizmat qiluvchi saf tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.