Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismining videoanjumanlar zalida bo‘linmaning rahbar xodimlari va komandirlar tarkibi ishtirokida 2021 yildagi faoliyat yakunlari bo‘yicha «ZOOM» platformasi orqali vebinar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Harbiylashtirilgan qism boshlig‘i so‘nggi vaqtda respublikada yana «COVID-19» avj olayotgan vaziyatni inobatga olib, koronavirus xavfiga qarshi kurashish, shaxsiy tarkib salomatligini himoya qilish, qutqaruv ishlarini olib borish va avariyalarni bartaraf etishda bo‘linmalarning doimiy shayligini ta'minlash maqsadida shaxsiy tarkibning karantin qoidalariga rioya etishi muhimligini ta'kidladi.
Yig‘iishda 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti tahlil qilindi, xususan, Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni davlat tiliga o‘girish, tezkor-texnik profilaktika ishlari, bo‘linmalarda o‘tkazilgan monitoring va attestasiya yakunlari, kadrlar va ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash masalalari ko‘rib chiqildi, shuningdek, bo‘linma faoliyatini ommaviy a'borot vositalarida yoritish holati yuzasidan yig‘ilish ishtirokchilariga ma'lumot berildi.
Tadbir yakunida tizimda 2022 yilda yechimini kutayotgan muammolar, amalga oshirilishi lozim bo‘lga chora-tadbirlar belgilab olindi.