Bosim ostida ishlaydigan idishlardan xavfsiz foydalanish baxtsiz hodisalarning oldini olishning muhim omilidir
01.02.2022 | scis.uz

Нozirgi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan qurilgan 1200 dan ortiq avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) va 800 dan ortiq avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchalari (AGQSh)  faoliyat ko‘rsatayotganini, shu bilan birga gaz ballonlarini ishlab chiqaruvchi bir nechta  tashkilot mavjud

Qo‘mita tomonidan gaz ballonlarini sinovdan o‘tkazish vakolatini beruvchi 150 ta korxona va tashkilotlarga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilgan.

2022 yilga qadar 1 mln 570 mingdan ortiq avtotransport vositalarida 2,5 mln dan ortiq metan gaz va 200 000 dan ortiq avtotransport vositalarida suyultirilgan gaz yoqilg‘isida ishlashga moslashtirilgan gaz ballonlari o‘rnatilgan.

Biroq bugungi kunda yurtimizda ba'zi yuridik va jismoniy shaxslarlar tomonidan sinovdan o‘tkazilmagan gaz ballonlaridan foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Ba'zi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari tomonidan gaz ballon bilan jihozlangan avtomobillarga me'yoridan ortiq gaz to‘ldirish kabi qonunbuzarlik holatlari qayd qilinmoqda.

Buning oqibatida 2021 yil mobaynida avtomobillarga o‘rnatilgan ballonlarning portlashi bilan bog‘liq umumiy 16 ta favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 14 ta fuqaro vafot etgan va 10 ta fuqaro og‘ir tan jarohatlari olgan, 23 ta avtotransport vositalariga ziyon yetgan.

Bu borada Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi mutaxassislari keng targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib bormoqda.

Qoraqalpog‘iston hududiy boshqarmasi tomonidan  ham boshqarma boshlig‘i Nietbay Palvaniyazov raisligida Nukus shahridagi xususiy avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari   va bosim ostida sinash punktlari ma'sul xodimlari uchun "Bosim ostida ishlaydigan idishlardan xavfsiz foydalanish" mavzusida buyicha seminar yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston hududiy boshqarmasi davlat inspektorlari, “O‘zneftegazinspeksiya”, Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti hamda “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” filiali mutaxassislari ishtirok etdi. Mutaxassislar yig‘ilish qatnashchilariga mavzu yuzasidan respublikamizdagi amaldagi qonun va normativ-texnik hujjatlar talablari, gaz va bosim ostida ishlaydigan idishlar va qurilmalar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan atroflicha ma'lumot berdilar. Yig‘ilish so‘nggida seminar ishtirokchilari savollariga javob berildi.