Buyuk shoirlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunlariga bag‘ishlab ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi
Sanoat xavfizligi davlat qo‘mitasida buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘kazildi.
Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi. Ulug‘ shoir o‘zining she'riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egalladi.
Betakror shoir,zakovatli olim va tarjimon, donishmand tarixchi,yirik davlat va madaniyat arbobi,mohir sarkarda. Bunday yuksak e'tirofga 47 yillik hayoti davomida asrlar osha dunyoni hayratga solib kelayotgan Zahiriddin Muhammad Bobur sazovor bo‘ldi.
Bu ikki namoyandaning adabiy merosi nafaqat sharq xalqlari uchun balki dunyo tamaddunida ulkan tarixiy, ma'naviy-ma'rifiy va madaniy ahamiyat kasb etadi. Ularning asarlari jahonning o‘nlab tillariga tarjima qilingan.
Tadbir davomida qo‘mita xodimlariga shoirlar hayoti va ijodi to‘g‘risida taqdimotlar qilindi, g‘azal va ruboiylardan namunalar o‘qildi.