Har yili bahor kirishi oldidan va bahorning dastlabki oyida mamlakatimizda obodonlashtirish va tozalik kunlarini o‘tkazish yaxshi an'anaga aylangan.
Bu yil ham ushbu chiroyli an'anaga amal qilgan holda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ Angren kon boshqarmasiga qarashli kon majmualarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi harbiylashgan kon-qutqaruv otryadi ishchi va xizmatchilaridan iborat bo‘lgan faollar tarkibi otryad hududini obodonlashtirish ishlarini boshlab yubordilar. Qutqaruvchilar hududni ko‘kalamzorlashtirish, ma'muriy binoni kosmetik ta'mirlash, sanitar-texnik va texnologik uskunalarni sozlash ishlarini uyushqoqlik bilan bajardilar.
Albatta bu kabi tadbirlar shaxsiy tarkibning jipsligi, birdamligini mustahkamlash barobarida atrof-muhitni obodonlashtirib tozalikda saqlashga xizmat qiladi.