Jurnalistlar uchun press-tur tashkil qilindi
04.03.2022 | scis.uz

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi matbuot xizmati tomonidan qo‘mitaning Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismiga  ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur uyushtirildi.

Tadbir davomida Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismining asosiy vazifa va funksiyalari to‘g‘risida atroflicha ma'lumot berildi. Jurnalistlar bo‘linma xodimlarining kundalik faoliyatlari davomida amalga oshiriladigan ishlar – nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, saf tayyorgarligi, o‘quv-taktik mashqlarining amalga oshirilishi, foydalaniladigan texnika vositalari bilan tanishdilar, qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. Shuningdek, qutqaruvchilarning konda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya va baxtsiz hodisalarda bajaradigan harakatlari bevosita kon sharoitlarida namoyish (imitasiya) qilindi.