Yadro-energetika dasturiga yangi kirayotgan mamlakatlar mutaxassislari uchun seminar o‘tkazildi
24.08.2022 | scis.uz

Avstriya Respublikasining Vena shahridagi Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) Bosh qarorgohida Yadro-energetika dasturiga yangi kirayotgan mamlakatlar uchun AES qurilish maydonchasining xavfsizligini baholash va ko‘rib chiqish salohiyatini oshirish bo‘yicha xalqaro seminar tashkil etildi.

 Xalqaro seminar ishida MAGATEning yetakchi ekspertlari, Misr, Ruminiya, Polsha, Nigeriya, Marokash va Keniyadan soha vakillari, shuningdek, O‘zbekistondan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Radiasiya va yadro xavfsizligi departamentining Yadro qurilmalari xavfsizligini baholash boshqarmasi boshlig‘i  Jalil Yusupov ishtirok etdi.

Tadbirda MAGATE xodimlari va ekspertlari tomonidan yadro energetikasini rivojlantirish mavzusida taqdimotlar qilindi.