Harbiylashgan kon qutqaruvchilar profilaktik tadbirlar o‘tkazdilar
14.03.2022 | scis.uz

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi Sanoat xavfsizligi tizimining muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Kon qutqaruvchilar, ularni boshqacha qilib respiratorshiklar deb ham atashadi, insonlarga yer ostida yordam ko‘rsatib, ularni gazdan zaharlanish, yong‘inlar, o‘pirilib tushishlar va shaxtalardagi boshqa tabiiy va texnogen kelib chiqishga ega favqulodda vaziyatlar oqibatlaridan qutqaradilar.

Avvalambor ana shunday noxush hodisalarning oldini olish galdagi birinchi vazifa hisoblanadi va shu bois kon qutqaruvchilar muntazam ravishda nazorat-profilaktika tadbirlarini amalga oshiradilar.

Kuni kecha Shaxta qurilish boshqarmasi shtol'nyalarida tungi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu tadbir natijasida ob'ektlarda qator kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi, kon ishchilari bilan joylarda tushuntirish ishlari o‘tkazildi. Xususan o‘z-o‘zini qutqaruvchi CI 30, AM-5 moslamalaridan, havodan gazlar va kislorod miqdorini aniqlash maqsadida namunalar olish bo‘yicha master-klass o‘tkazildi.