Davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari rahbarlarining malakalari oshirilmoqda
15.03.2022 | scis.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida davlat boshqaruvining dolzarb masalalari bo‘yicha muntazam ravishda ma'ruza, master-klass va suhbatlar shaklida mashg‘ulotlar o‘tkazish amaliyoti joriy etilgan. Joriy yilning 9-12 mart kunlari davlat organlari va tashkilotlarining xodimlar bilan ishlash xizmati rahbarlarining nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i Nigora Isroilova ham ushbu malaka kurslarida ishtirok etdi. O‘quv kursi yakunida ishtirokchilar imtihon topshirdilar. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan davlat idoralari xodimlariga sertifikatlar topshirildi.