“O‘zkimyosanoat” va “Navoiyazot” Aksiyadorlik jamiyatlari rahbar va mutaxassis xodimlari attestasiyadan o‘tkazildi
17.03.2022 | scis.uz

 Joriy yilning 15-16 mart kunlari “O‘zkimyosanoat” hamda “Navoiyazot” Aksiyadorlik jamiyatlari rahbar va mutaxassis xodimlari (doimiy harakatdagi komissiyalar a'zolari) mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi sohasida bilimlar sinovi (attestasiya)dan o‘tkazildi.

Bilimlar sinovida attestasiya komissiyasi tarkibida  Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi  raisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Xalmatov, qo‘mita boshqarmasi boshlig‘i Arif Yunusov, Kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boshlig‘i Hikmatilla Yusupov, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori D.Xusanov, Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi raisi o‘rinbosari S. To‘xtaevlar ishtirok etdilar.

Yuqorida ko‘rsatilgan AJlarining doimiy harakatdagi komisiyalari a'zolari attestasiyasi natijalari bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirilib, bilim sinovidan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan xodimlarni qayta attestasiyadan o‘tkazish muddati belgilandi.

Shuningdek, Respublika markaziy komissiyasi tomonidan “Navoiyazot” AJ tarkibidagi yangi qurilib ishga tushirilgan “Ammiak va Karbamid ishlab chiqarish kompleksi”, azot kislotasi ishlab chiqarish hamda polivinilxlorid, kaustik soda hamda metanol ishlab chiqarish komplekslarida sanoat xavfsizligi joyiga chiqib o‘rganildi.

Kelgusida bajarilish lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha atroflicha kelishib olindi.