Joriy yilning 24-25 mart kunlari “Farg‘onaazot” Aksiyadorlik jamiyatlari rahbar va mutaxassis xodimlari (doimiy harakatdagi komissiyalar a'zolari) mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi sohasida bilimlar sinovi (attestasiya)dan o‘tkazildi.
Bilimlar sinovida attestasiya komissiyasi tarkibida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Kimyo, neft'-kimyo va metallurgiya sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi boshlig‘i Hikmatilla Yusupov, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori D.Xusanov, Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi raisi o‘rinbosari S. To‘xtaevlar ishtirok etdilar.
“Farg‘onaazot” AJning doimiy harakatdagi komisiyasi a'zolarini attestasiyadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirilib, bilim sinovidan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan xodimlarni qayta attestasiyadan o‘tkazish muddati belgilandi.
Kelgusida bajarilish lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha atroflicha kelishib olindi.