Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi bo‘linmalari monitoringi va qutqaruvchi maqomi bo‘yicha attestasiya davom etmoqda
01.04.2022 | scis.uz

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi Sanoat xavfsizligi tizimining muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Kon qutqaruvchilar, ularni boshqacha qilib respiratorshiklar deb ham atashadi, insonlarga yer ostida yordam ko‘rsatib, ularni gazdan zaharlanish, yong‘inlar, o‘pirilib tushishlar va shaxtalardagi boshqa tabiiy va texnogen kelib chiqishga ega favqulodda vaziyatlar oqibatlaridan qutqaradilar.

Shu munosabat bilan ularning shaylik holati doimiy monitoring qilinadi va attestasiyadan o‘tkazib turiladi.

“O‘zkimyosanoat” AJga qarashli “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi Qashqadaryo viloyati Dehqonobod shahrida joylashgan 9-alohida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi vzvodiga qarashli “Dehqonobod”qutqaruv vzvodida HKQQ bo‘linmalarining navbatdagi monitoringi va qutqaruvchi maqomi bo‘yicha attestasiyasi o‘tkazildi.

Unda  komandirlar va respiratorchilar tarkibi egallab turgan lavozimi va qutqaruvchi degan sharafli nomga har tomonlama munosibligi hamda kon-qutqaruv faoliyatining o‘zi xos xususiyatlarini inobatga olib tezkor texnik va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha kasbiy bilimi va professional mahorati sinovdan o‘tkazildi.