“MAXAM-CHIRCHIQ” Aksiyadorlik jamiyati rahbar va mutaxassis xodimlari attestasiyadan o‘tkazildi
11.04.2022 | scis.uz

 “MAXAM-CHIRCHIQ” Aksiyadorlik jamiyati rahbar va mutaxassis xodimlari (doimiy harakatdagi komissiyalar a'zolari) mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi sohasida bilimlar sinovi (attestasiya)dan o‘tkazildi.

Bilimlar sinovida attestasiya komissiyasi tarkibida  Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi  Kimyo,  neft'-kimyo va metallurgiya sohalarida sanoat xavfsizligi  inspeksiyasi boshlig‘i Hikmatilla Yusupov, Toshkent viloyati  Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i B.Qo‘chqorov, Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Rixsiboevlar ishtirok etdilar.

“MAXAM-CHIRCHIQ” AJning doimiy harakatdagi komisiyasi a'zolarini attestasiyadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Attestasiya komissiyasi tomonidan barcha xodimlarning bilimlar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgani qayd etildi.

Shu bilan birga kelgusida bajarilish lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha atroflicha kelishib olindi.