“Yashil makon» umummilliy loyihasi: Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tizimida ezgu tashabbus tatbiq etilmoqda
13.04.2022 | scis.uz

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari 1 martdan «Yashil yillik» umummilliy tadbiri boshlanishini ma'lum qildi. Joriy yil bahor mavsumida «Yashil makon» loyihasi doirasida 125 mln dona daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilmoqda. Aholiga kamida 10 mln dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari bepul tarqatiladi. Bunday keng ko‘lamli ezgu tashabbusning amalga oshirilishi natijasida shaharlarimizdagi yashil maydonlar hududining kengaytirilishi, ekologik muhitning yaxshilanishi kutilmoqda.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida ham shu ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab qo‘mita tizimidagi tashkilotlar tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish, bo‘sh turgan tashlandiq yerlarni obodonlashtirish va hududlarni ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda.

Xususan, Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi shaxsiy tarkibi o‘zlariga tegishli hududlarda “Yashil makon” tashabbusini tatbiq etmoqdalar. Kuni  kecha 8, 9 va 10-alohida kon-qutqaruv vzvodiga qarashli “Dehqonobod” qutqaruv vzvodi shaxsiy tarkibi tomonidan 390 tup manzarali va 100 mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.