Xabaringiz bor, 20 yanvar' kuni Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan «Zakovat» intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror imzolandi. Qaror iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, shuningdek ushbu intellektual o‘yinni aholi o‘rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirishga qaratildi.
Hozirgi vaqtda “Zakovat”da ishtirok etish istagida bo‘lgan yoshlar ancha.
Shunday, joriy yilning 20-21 aprel kunlari Navoiy kon-metallurgiya kombinati tasarrufidagi GMZ-1 kon boshqarmasida hamkorligida kon boshqarmasi bo‘limlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Intellektual o‘yinda ishtirok etgan 14 jamoa orasida 8-Alohida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi (AHKQV) ga qarashli “Qora-Qo‘ton” harbiylashtirilgan vzvodining bilimdon kon qutqaruvchilari ham bilim va zakovatlarini sinab ko‘rdilar.
Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan bilimlar bellashuvida “Qora-Qo‘ton” HKQVzvodi ishtirok etgan jamoa faxrli 2-chi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblarga “Zakovat” kubogi, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.