2022 yil 28 aprel kuni Toshkent shahrida o‘z ishini boshlagan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisida Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Kutbidin Burxanov tomonidan Senatning 2017 yil 29 martdagi qaroriga muvofiq hukumat tomonidan 2017 yil 30 mayda ishlab chiqilgan va ijroga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi doirasida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot taqdim etilishi to‘g‘risidagi so‘rovi bo‘yicha ma'lumot berildi.
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining Istirohat bog‘lari attraksionlarini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan hududlardagi 143 ta madaniyat va istirohat bog‘larida o‘rnatilgan 1879 ta attraksionlar holati o‘rganilgan.
Natijada:
Lekin kamchiliklar yuzasidan fuqarolar ishtirokidagi baxtsiz hodisalarning oldini maqsadida hokimliklarga yuborilgan xatlarga yetarlicha e'tibor qaratilmayapti
2019-2021 yillarda attraksionlar bilan bog‘liq 7 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan va ularda 3 nafar inson halok bo‘lgan.
Qayd etish kerakki, 5594-sonli prezident farmoniga muvofiq, istirohat bog‘lari attraksionlarini ekspluatasiya qilish borasidagi qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga yuklatilgan.
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan 2018-2021 yillar davomida yetarli darajada tekshirishlar o‘tkazilmagan.
Qo‘mitaning yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufidagi attraksionlardan foydalanish holatini bir yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan nazorat tadbirlari doirasida o‘rganish (tekshirish) haqidagi murojaatlari mutasaddi idoralar va Biznes vakil tomonidan e'tiborsiz qoldirilmoqda, ya'ni qo‘mitaga tekshirish vakolati berilmagan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga navbatdagi yalpi majlisda yaroqsiz attraksionlarni foydalanishdlan chiqarish, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga yuridik va jismonyi shaxslar tomonidan istirohat bog‘lari attraksionlarini foydalanish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishini tekshirish vakolatini berish, attraksionlar xavfsizligi bo‘yicha umumiy texnik reglament ishlab chiqish bo‘yicha savollar yuzasidan axborot berish yuzasidan savollar kiritildi.