“Dehqonobod kaliy zavodi” Aksiyadorlik jamiyati rahbar va mutaxassis xodimlari attestasiyadan o‘tkazildi
06.05.2022 | scis.uz

“Dehqonobod kaliy zavodi” Aksiyadorlik jamiyati rahbar va mutaxassis xodimlari (doimiy harakatdagi komissiyalar a'zolari) mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi sohasida bilimlar sinovi (attestasiya)dan o‘tkazildi.

Bilimlar sinovida attestasiya komissiyasi tarkibida  Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi  Kimyo,  neft'-kimyo va metallurgiya sohalarida sanoat xavfsizligi  inspeksiyasi boshlig‘i Hikmatilla Yusupov, Qashqadaryo viloyati  Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Mamatov, Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Rixsiboev hamda “O‘zkimyosanoat” AJ boshqarma boshlig‘i R.O‘sarovlar ishtirok etdilar.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJning doimiy harakatdagi komisiyasi a'zolarini attestasiyadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirilib, bilim sinovidan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan xodimlarni qayta attestasiyadan o‘tkazish muddati belgilandi.

Shu bilan birga kelgusida bajarilish lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha atroflicha kelishib olindi.