O‘zbekiston delegatsiyasi Bryusselda KBRYa materiallari xavfini kamaytirish muhokamasida ishtirok etmoqda
18.05.2022 | scis.uz

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Gulyamov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegasiyasi Bel'giyaning Bryussel shahrida o‘tkazilayotgan Yevropa Ittifoqi (EI) Ilg‘or tajriba markazlari milliy koordinatorlarining kimyoviy, bakteriologik, radiologik va yadroviy materiallar xavflarini kamaytirish bo‘yicha sakkizinchi xalqaro yig‘ilishida ishtirok etmoqda.

Ushbu hamkorlikdagi yillik yig‘ilish Yevropa Ittifoqi hamda  YeI Ilg‘or tajriba markazlarining 62 sherik mamlakatini, shuningdek Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mintaqalararo jinoyatchilik va odil sud masalalariilmiy - tadqiqot instituti va boshqa bir qator muhim tuzilmalarni birlashtiradi.

Milliy koordinatorlar uchrashuvi ilm-fan va texnologiyalar, bilim va ko‘nikmalar hamdla yashirishning hojati yo‘q, COVID-19 kabi   yangi kasalliklarning rivojlanishi fonida tobora dolzarb bo‘lib kelayotgan KBRYaM sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun samarali platformadir.

Shu nuqtai nazardan, so‘nggi ikki yil ichida birinchi marta jismoniy formatda o‘tkazilayotgan Bryussel uchrashuvi KBRYa xavfini kamaytirish sohasida hamkorlik va sheriklikning yangi g‘oyalarini o‘rganish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari, uchrashuv aloqalarni tiklash hamda ikki tomonlama va mintaqalararo hamkorlikka yangi turtki berish uchun yaxshi imkoniyatdir.

Uchrashuv chog‘ida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi, Yevropa Ittifoqi KBRYa ITMning   Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy kotibiyati rahbari B. Gulyamov nutq so‘zladi.

Ishtirokchilarga YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy kotibiyati faoliyati haqida ma'lumot berildi.

Xususan, mintaqa mamlakatlari KBRYa xavfini kamaytirish masalalarini ilgari surishda katta salohiyatga ega ekanligi, va shu munosabat bilan tashabbusni yanada kengaytirish va unga yangi mamlakatlarni jalb qilish dolzarbligi ta'kidlandi.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy kotibiyati o‘z faoliyatida salohiyatni oshirish loyihalarini amalga oshirish va ommaviy tadbirlarni boshqarishga alohida e'tibor qaratayotgani qayd etildi. Ushbu jihat COVID-19 pandemiyasi avjida virusning aholi orasida tarqalish xavfini kamaytirish uchun turli tuzilmalar, vazirliklar va idoralarning ishini muvofiqlashtirish, kasallik va xatarlar to‘g‘risida aniq ma'lumot berish, aholi orasida vahima paydo bo‘lishining oldini olish uchun jamoatchilik idrokini boshqarish juda muhim bo‘lgan paytda o‘z dolzarbligini ko‘rsatdi.

Shuningdek, ishtirokchilarga KBRYa xavfini kamaytirish sohasida mintaqalararo hamkorlik rivoji to‘g‘risida ma'lumot berildi. Xususan, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy kotibiyati tomonidan Janubiy-Sharqiy va Sharqiy Yevropa mintaqasi bilan innovasion xabardorlikni oshirish loyihasi doirasida tajriba va ilg‘or amaliyotlar bilan almashish yo‘lga qo‘yilgani ma'lum qilindi.

Xususan, Gruziya ta'lim muassasalarida KBRYa xavfini kamaytirish bo‘yicha o‘quv treninglari va seminarlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan LEICA ("Markaziy Osiyoda qonun va tartibni ta'minlash") loyihasi bilan aloqalar rivojlanmoqda. Xususan, joriy yilning aprel oyida hamkorlik doirasida KBRYa materiallardan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha trening o‘tkazildi.

B.Gulyamov, shuningdek, mintaqamizning ilg‘or tajribasi va innovasion takliflarini ilgari surish maqsadida YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha bo‘yicha mintaqaviy kotibiyati ushbu uchrashuv doirasida o‘tkazilayotgan  innovasion va ijodiy loyihalar tanlovlariga ikkita _  "Eng innovasion va ijodiy loyiha" kategoriyasida  «CBRYa sohasida ayollarning rolini oshirish", shuningdek «Muvaffaqiyat tarixi» kategoriyasida «Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda salohiyatni oshirish va tajriba almashish" loyihalarini taqdim etdi.

Uchrashuv doirasida Toshkent viloyati Angren shahridagi 42-maktab o‘quvchisi Sarvarbek Nurmuxamedovni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, u viloyat kotibiyati tomonidan bolalar va yoshlar o‘rtasida KBRYa xavfi va tahdidlari to‘g‘risida xabardorlikni oshirish bo‘yicha pilot loyihasi doirasida e'lon qilingan rasmlar tanlovi g‘olibi bo‘ldi. Sarvarbek sovrin sifatida Yevropaning poytaxti – Bryusselga tashrif buyurish va nafaqat ushbu go‘zal shaharning diqqatga sazovor joylarini ko‘rish, balki Yevropa Ittifoqi institutlariga ham tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ushbu loyihaning ahamiyati to‘g‘risida gapirib, B.Gulyamov, xususan, KBRYa mavzularidagi ma'rifiy tadbirlar kam o‘tkazilishi sababli unga talab yuqori bo‘lganini ta'kidladi. "Biz o‘quvchilar va talabalarning ushbu mavzuga qiziqish bildirayotganini ko‘rib xursand bo‘ldik. Ushbu loyiha doirasida bolalar o‘rtasida rasmlar tanlovi o‘tkazilib, unda Sarvarbek g‘olib bo‘ldi. Uning ijodi yuqori baholanganidan xursandmiz, shu tufayli Sarvarbek bugun oramizda".

Uchrashuv tashkilotchilari Mintaqaviy kotibiyatning barcha jamoasiga qilgan mehnatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildirdilar.

 

Dunyo AA

Bryussel'