Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari Qo‘mitasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Maslahat kengashi faoliyatini o‘rgandi
18.05.2022 | scis.uz

18 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik  masalalari bo‘yicha  ishchi guruh Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida  tashkil etilgan Maslahat kengashi faoliyatini o‘rgandi.

2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan  «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat sifatida ma'qullandi. 

Qonunga muvofiq davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash masalalari bo‘yicha Maslahat kengashlarini tuzish belgilangan.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida davlat organlarida tashkil etilgan Maslahat kengashlari faoliyatini o‘rganib chiqish hamda ularning faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralarni belgilash maqsadida Ishchi guruhlar shakllantirildi.