Markaziy Osiyo Mintaqaviy kotibiyati Yevropa komissiyasining “Kelajakning eng innovatsion mintaqaviy loyihasi uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldi
19.05.2022 | scis.uz

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Gulyamov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegasiyasi Belgiyaning Bryussel shahrida o‘tkazilayotgan Yevropa Ittifoqi (EI) Ilg‘or tajriba markazlari milliy koordinatorlarining Kimyoviy, bakteriologik, radiologik va yadroviy materiallar xavflarini kamaytirish bo‘yicha sakkizinchi xalqaro yig‘ilishida ishtirok etmoqda.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy kotibiyat Yevropa komissiyasining “Kelajakning eng innovatsion mintaqaviy loyihasi uchun» mukofoti bilan taqdirlandi.