Attraksionlar tekshiruvdan o‘tkazilmoqda
Sanoat xavsizligi davlat qo‘mitasi davlat inspektorlari bolalarning yozgi dam olish mavsumi oldidan viloyatlarda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat “O‘zenergoinspeksiya”, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakillari bilan hamkorlikda istirohat bog‘lari attraksionlarining xafsizligi holati, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi holati tekshiruvlarini o‘tkazmoqdalar. Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari hududidagi attraksionlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan joylardagi mas'ul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.