Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz
27.05.2022 | scis.uz

2019 yil 27 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

So‘nggi yilllarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ma'muriy islohotlar korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurganining dalilidir.

Buni Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi misolida ham ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2020 yil 4 sentyabrdagi 02-2488-son topshirig‘ining 17 ilovasi bilan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlarida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan 10 banddan iborat “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan edi.

“Yo‘l xaritasi”ni o‘z muddatlarida bajarish bo‘yicha Davlat Qo‘mitasining 31 banddan iborat Tarmoq jadvali ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2016 yil 13 dekabrda ma'qullangan) ijrosini ta'minlash, hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha ogohlantirish maqsadida, qo‘mitada bir shtat birlikdan iborat “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis” lavozimi  2020 yil 30 oktyabr' 80-son buyruq bilan joriy etilgan.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida korrupsiyaga qarshi kurashish “kompleans nazorat” tizimini  joriy etish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzilgan, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati nizomi, Qonunbuzilishlar to‘g‘risida xabar berish bo‘yicha tartib, Xizmat siri  yoki maxfiylik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tartib loyixasi, Xizmatga qabul qilishda nomzodlarni tekshirish bo‘yicha yo‘riqnomalarni yoki ishga qabul qilish jarayonini tartibga soluvchi hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish nizomi (jami 4 ta) va mehnat shartnomasining namunaviy shakli ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalariga ko‘mak berish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan BMT TDning “O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi bilan birgalikda ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi standartdan kelib chiqib, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etuvchi tavsiyaviy hujjatlar to‘plami asosida (jami 10 ta) hujjat ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha 2021-2022 yil uchun 10 ta banddan iborat ish rejasi ishlab chiqilgan va qo‘mita raisi tomonidan 2021 yil 5 yanvarda tasdiqlangan.

Qo‘mita faoliyatiga doir ochiq ma'lumotlar qo‘mita veb-saytiga “Ochiq ma'lumotlar” rukni ostida (https://scis.uz/interactive/opendate ) joylashtirilib kelinmoqda.

Qo‘mita faoliyatiga doir OAV xodimlari va blogerlar ishtirokida ochiq dialogga asoslangan matbuot anjumanlari, davra suhbatlarini o‘tkazish doimiy yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2021 yilda 14 ta seminar, 5 ta matbuot anjumani, 14 ta davra suhbati, 2022 yilda 7 ta seminar, 2 ta matbuot anjumani, 6 ta davra suhbati o‘tkazilgan.

Shuningdek, xodimlarning Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimi siyosati va ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishib chiqqanligi darajasini aniqlash yuzasidan monitoring va tahlil, shuningdek baholash ishlarini olib borish maqsadida Qo‘mitaning telegram kanaliga https://forms.gle/cYJk29iBB5NBcM7Y8 havolasi ostida anonim so‘rovnoma joylashtirilgan.

Inspeksiyalar, tarmoq inspeksiyalari va hududiy boshqarmalar tomonidan har bir o‘tkaziladigan tekshiruv, nazorat-profilaktika shu jumladan nazorat ob'ekti nomi, tekshiruv maqsadi va muddatlari, uni o‘tkazadigan inspektorning lavozimi, familiyasi, ismi bo‘yicha ma'lumotnomani ochiq ma'lumotlar “tt.biznezvakil.uz” saytida doimiy joylashtirilib kelinadi.

“Hurriyat” gazetasining 15-sonida qo‘mitaning “Korrupsiyaga qarshi qanday kurashamiz” mavzusida Qo‘mita faoliyati, normativ-huquqiy xujjatlar, kadrlarni ishga olish masalasi aks ettirilgan maqola chop etildi.

Shuningdek, Qo‘mitada korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tomonidan o‘rganishlar davomida joriy yilning bugungi sanasiga qadar korrupsion huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilishi holatlari aniqlanmadi.

Joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “e-antikor.uz” – korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash platformasi ishga tushirildi va ushbu platformaga qo‘mita tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan to‘liq joylashtirildi.